Ko'chamizdan o'tib ketdi
Yor-yor bilan gerdayib,
Na uzr, na xo'sh demasdan,
Qarab qo'ydi jilmayib.
Unga baxtlar yarashdiyu,
Men dard bilan kurashdim.
U sevgisin almashdiyu,
Men sevgida adashdim.
Yolg'on ekan suygani,
Hamma siri fosh bo'ldi.
Jondan ortiq sevar edim,
Endi bag'rim tosh bo'ldi.
Oq libosga burkanib,
Tashlab ketding san mani.
So'zsiz qoldim o'rtanib,
Ne ham derdim, maylida. (x2)
Ko'chamizdan o'tib ketdi
Yor-yor bilan gerdayib,
Na uzr, na xo'sh demasdan,
Qarab qo'ydi jilmayib.
Unga baxtlar yarashdiyu,
Men dard bilan kurashdim.
U sevgisin almashdiyu,
Men sevgida adashdim.
Bu taqdirmi yo balki
Men yo'l qo'ydim xatoga?
Qarg'amadim, shunchaki
Solib qo'ydim Xudoga.
Ko'z yoshlarim qa’riga
Cho'kib ketdi dil kema.
U turardi qarshimda
Ko'rmagandek hech nima. (x2)
Ko'chamizdan o'tib ketdi
Yor-yor bilan gerdayib,
Na uzr, na xo'sh demasdan,
Qarab qo'ydi jilmayib.
Unga baxtlar yarashdiyu,
Men dard bilan kurashdim.
U sevgisin almashdiyu,
Men sevgida adashdim.