Aql hayron qolar, pul nimalarga qodir,
Bizning boshimizdan ne kunlarni etadi sodir.
Yashash uchun emas, yemoq uchun yashaydi ko'plar,
Pulni deya inson sotiluvchi buyumga o'xshar.
Hattoki jigarlar
Talashgancha yuz ko'rmas bo'lar,
Dildan sevganing ham
Pul bo'lmasa, qo'l siltab ketar.
Pulning kuchidan sevgan yoring ketadi,
Pulning kuchidan sodiq inson kam bo'ladi.
Pulning kuchidan nomusini sotadi,
Pulning kuchidan hatto iymon ketadi.
Pul insonni emas, inson pulni yaratgan,
Ammo shu kashfiyot bo'ynimizdan zanjir o'tkazgan.
Boshin ko'tarmasdan, qon yig'latgan nomard farzandlar,
Pulning hidin izlar, ota-ona esidan chiqqan.
Hattoki jigarlar
Talashgancha yuz ko'rmas bo'lar,
Dildan sevganing ham
Pul bo'lmasa, qo'l siltab ketar.
Pulning kuchidan sevgan yoring ketadi,
Pulning kuchidan sodiq inson kam bo'ladi.
Pulning kuchidan nomusini sotadi,
Pulning kuchidan hatto iymon ketadi. (x2)