Mayli, sevmasang sevma,
Mayli, xo'rlasang xo'rla,
Lek otasi yo'q, dema,
Onasi yo'q, gado, dema! (x2)
Kechirmayman!
Roziman, sevgimiz bo'lsa ham nihoya,
Bir so'z dema, shunchaki ketsa kifoya.
Alam qilar, shuncha vaqt ketgani zoya,
Ay-yay-yay-yay, vou-vou-vou-vou.
Tarbiya, dunyoqarashlar ekan turfa,
Senga yuragimni bekor qildim tuhfa.
Bo'lolmas ekansan boshga tushsa kulfat,
Ay-yay-yay-yay, vou-vou-vou-vou.
Hech qachon hech kimni aslo yerga urma,
Ojizligin bilib turib yana kulma.
Bu so'zlarni xohlasang ol yoki olma,
Vou-voo-o-o, ey-yey-e-e.
Mayli, kechdim bugun sevgimdan, kerakmas,
So'nggi so'zlari jondan o'tdi, bo'ldi bas.
Shuncha chidadim, lek g'ururim chidolmas,
Ay-yay-yay-yay, yey-yey-yey-ye.
Mayli, sevmasang sevma,
Mayli, xo'rlasang xo'rla,
Lek otasi yo'q, dema,
Onasi yo'q, gado, dema! (x2)
Kechirmayman!
Kechirmayman…