Mahallamning boy qizi,
 Osmonimning yulduzi.
 Xafa bo'lma, uchrashgani
 Borolmayman kunduzi.
Ko'chang to'la sovchilar,
 Sovchi emas, ovchilar.
 Mening qanday yigitligim
 Hali bilmabdi ular.
Hech bir oshiq yurakni
 Ayro qo'ymasin,
 Sevgimizga qarshilar
 To'yda o'ynasin.
Eshik oshiq-moshig'i
 G'ichirlaydi-yo,
 Tunda oshiq-mashuqlar
 Pichirlaydi-yo.
Sendek qizning ko'nglini
 Ololmasam-o,
 Majnun og'am meni aslo
 Kechirmaydi-yo.
Mahallamning boy qizi,
 Xayolimning o'grisi.
 Boray desam, qorong'udan
 Qo'rqamanda, to'grisi.
Qo'yma jonim alamga,
 Aylangin yagonamga.
 Mehr bilan kulishlaring
 O'xshaydida onamga.
Hech bir oshiq yurakni
 Ayro qo'ymasin,
 Baxtli bo'lsin deganlar
 Shu qo'shiqqa ovoz bering.
 (Qo'shiq kodi 23)
Eshik oshiq-moshig'i
 G'ichirlaydi-yo,
 Tunda oshiq-mashuqlar
 Pichirlaydi-yo.
Sendek qizning ko'nglini
 Ololmasam-o,
 Majnun og'am meni aslo
 Kechirmaydi-yo.
Mahallamning oy qizi,
 Orzuyimning yulduzi.
 Yor-yor aytib ko'changdan
 Opketdim-a kunduzi.
Yangi hayot boshlandi,
 “Oma uzr”, oshnalar,
 Yangi kuyov daydisa-ey,
 Kelin ko'zi yoshlanar.
Hech bir oshiq yurakni
 Ayro qo'ymasin,
 Baxtli bo'lsin deganlar
 To'yda o'ynasin.
Eshik oshiq-moshig'i
 G'ichirlaydi-yo,
 Tunda oshiq-mashuqlar
 Pichirlaydi-yo.
 Sendek qizning ko'nglini
 Ololmasam-o,
 Majnun og'am meni aslo
 Kechirmaydi-yo. (x2)