Sal hayajondaman,
Jonim, qanday aytaman
Sevganimni qat’iyan?
Armondaman! (x2)
Di-di-di-di, da-di, dili-dili,
Armondaman.
Dili-di, da, dili-di,
Armondaman.
Tong otmasdan uyg'onardim, lek sahardan,
Endi bo'lsa uyqu yo'q, xullas bu ne desam?
Torayadi har tomonidan kulbam,
Bebaho jamolingni ko'raman ko'zimni yumsam.
Mayli ne bo'lsa bo'lar, boraman endi,
Birma-bir so'zlab beraman og'ushimni.
Sababini oshkor etsam agar,
Qanday qilib qabul qilar ekan meni yuraging?
Sal hayajondaman,
Jonim, qanday aytaman
Sevganimni qat’iyan?
Armondaman! (x2)
Di-di-di-di, da-di, dili-dili,
Armondaman.
Dili-di, da, dili-di,
Armondaman.
Armondaman…
Yonimdan o'tib, salom bersang to'satdan,
Ayrilib qolayozaman es-hushimdan.
Qora qosh-ko'zingga, jonim, maftunman,
Ro'baro' bo'lsam agar, har safarida majnunman.
Mayli ne bo'lsa bo'lar, boraman endi,
Birma-bir so'zlab beraman og'ushimni.
Sababini oshkor etsam agar,
Qanday qilib qabul qilar ekan meni yuraging?
Sal hayajondaman,
Jonim, qanday aytaman
Sevganimni qat’iyan?
Armondaman! (x2)
Di-di-di-di, da-di, dili-dili,
Armondaman.
Dili-di, da, dili-di,
Armondaman.
Sal hayajondaman,
Jonim, qanday aytaman
Sevganimni qat’iyan?
Armondaman! (x4)
Armondaman… Armondaman…