Mana o'sha kun keldi sen uchun,
Porlar dunyoda yulduzing bugun.
Mana o'sha kuch – Vatan ishonchi,
O'zbegim shoni, o'zbek o'g'loni.
Yengilmas hech qachon bu O'zbekiston!
Ishon o'zingga, o'z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Sen buyuk xalqning buyuk farzandi,
Senga munosib faqat g'alaba!
Ishon o'zingga, o'z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Namuna bo'lgin yosh avlodingga,
Ortga qarama, senda g'alaba!
Bu baxt biz uchun, hayot va kurash,
Ringdagi jang mardlarni sinar.
Mana o'sha zarb, dunyo olqishlar,
Ko'ksingda g'olib nishoni porlar.
Yengilmas hech qachon bu O'zbekiston!
Ishon o'zingga, o'z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Sen buyuk xalqning buyuk farzandi,
Senga munosib faqat g'alaba!
Ishon o'zingga, o'z yuragingga,
Aslo chekinma, faqat oldinga.
Namuna bo'lgin yosh avlodingga,
Ortga qarama, senda g'alaba!