Besh qo'l barobar emas,
Odamlar bir xil emas.
Do'st berganin hech qachon
Dushmanim bera olmas.
Do'stlar ko'paygan sari
Raqiblar ko'ra olmas.
Bugun sog'man, salomat,
Siz bor uchun do'stlarim.
Doim yonimda turgan,
Men kulganimda kulgan,
Yiqilsam, tirgak bo'lgan
Siz o'zingiz, do'stlarim.
Xatolarim birma-bir
Doim yuzimga aytgan,
Kuysam, yurakdan kuygan,
Siz o'zingiz, do'stlarim.
Jon do'stlarim, jon do'stlarim,
Ham qadrdon do'stlarim,
Boringizga ming shukurlar,
Chin mehribon do'stlarim. (x2)
Sizlar bor uchun yana
O'zimning qadrim sezdim.
Va odamlarni yana
Jon-u dilimdan sevdim.
Sizlarsiz baxtli kunlar
Topmasligim bildim.
Barchasi sizlar bilan,
Chin qadrdon do'stlarim.
Yig'ladim sizni izlab,
Raqib qo'lida bo'zlab,
Zor bo'lib izingizga,
Qoru-yomg'irda muzlab.
Kerak bo'lsa so'kkanni
Doim yurdim sizlab.
Endi sog'man, salomat,
Siz bor uchun, do'stlarim.
Jon do'stlarim, jon do'stlarim,
Ham qadrdon do'stlarim.
Boringizga ming shukurlar,
Chin mehribon do'stlarim. (x2)
Yaxshilik qilib qo'yib,
Bildirmadingiz aslo.
Yuraverdim, bilmadim,
Boshga kelmadi g'avg'o.
Oxiri bilsam, do'stlar,
Qoldirmabsiz muammo.
Sizlar bor – keldi omad,
Bor bo'lingiz, do'stalrim.
Doim yonimda turgan,
Men kulganimda kulgan,
Yiqilsam, tirgak bo'lgan
Siz o'zingiz, do'stlarim.
Xatolarim birma-bir
Doim yuzimga aytgan,
Kuysam, yurakdan kuygan
Siz o'zingiz, do'stlarim.
Jon do'stlarim, jon do'stlarim,
Ham qadrdon do'stlarim.
Boringizga ming shukurlar,
Chin mehribon do'stlarim. (x2)