Dunyodan qadrmas, boylik izlasak,
Uchragan har ishdan omad ko'zlasak,
Mehr ko'chasiga qadam qo'ymasak,
Oqibat yo'qolar kutilmaganda.
Nigohlar to'qnashar kutilmaganda,
Visollar sirlashar kutilmaganda.
Bevafo dastidan yig'laydi ko'ngil,
Sevgini xo'rlashar kutilmaganda. (x2)
Kimdan mehr ko'rsak, kimdandir qahr,
Nochorni kamsitib, yig'latsak axir,
Mehrni unutib, bo'lsak toshbag'ir,
Oqibat yo'qolar kutilmaganda.
Omad bizga boylik eshigin ochsa,
Omad boylik berib, nurlarin sochsa,
O'tmishni unutsak, diyonat qochsa,
Omad bizdan ketar kutilmaganda. (x2)
Kimdan mehr ko'rsak, kimdandir qahr,
Nochorni kamsitib, yig'latsak axir,
Mehrni unutib, bo'lsak toshbag'ir,
Oqibat yo'qolar kutilmaganda. (x2)
Oqibat yo'qolar kutilmaganda…