Tinch edi hammayoq, tinch edi har yon,
Titradi go'yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o'z diyorimga.
Issiq jon deydilar, jon bo'lsa bo'lar,
Payti kelsa, chechak ham sarg'ayar, so'lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to'lar?
Meni olib keting o'z diyorimga.
Meni olib keting o'z diyorimga,
Meni olib keting O'zbekistonga. (x2)
Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon tabibning na davosidan.
Qaytarmang xastaning muddaosidan –
Meni olib keting o'z diyorimga.
Sha’nimga g'ayurlar bir so'z demasin,
Har kim o'zi tortar umr kemasin.
Hech kim mushtoqlik dardin yemasin-ey,
Meni olib keting o'z diyorimga.
Meni olib keting o'z diyorimga,
Meni olib keting o'z vatanimga.
Meni olib keting O'zbekistonga,
Mendan rozi bo'lsinlar O'zbekistonda.
Talpingan diyorim u – O'zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon?
Yo'q! O'zga yurtlarda berolmaysan jon,
Meni olib keting o'z diyorimga.
Meni olib borib qo'yinglar o'z mozorimga…
Meni olib keting o'z diyorimga,
Meni olib keting o'z vatanimga.
Meni olib keting O'zbekistonga,
Mendan rozi bo'lsinlar O'zbekistonda.