Qamchiq dovonidan o'tsam,
Shodligim dunyoga tatir.
Peshvoz chiqar go'zallar,
Qo'llarida shirmoy patir.
Bir lahzada o'rab olar,
“Nechta?”, deya so'rab qolar.
Bir yonimda xushro'y patir,
Bir yonimda xushbo'y atir.
Shovqin-suron avjlanadi,
Xaridorlar oshgan sari.
Patirlari sedanali,
Ham jizzali yana bari.
Yoqadimi, yoqmaydimi,
Qo'lingizga tutib qo'yar.
Patirlarga yozilgan
Telefon raqamlari.
Erib ketib qizlarning
So'zlarining qaymog'idan,
Shartmi-yo'qmi olaverasiz
Patirlarning qaynog'idan.
Erib ketib qizlarning
So'zlarining qaymog'idan,
Shartmi-yo'qmi olaverasiz
Patirning qaynog'idan.
Oq sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog'li.
Oh, sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog'li.
E, dovonning cho'qqisidan
Tong misoli boqar qizlar.
Barchaga teng shirin so'zlab,
Savdosin uyg'otar qizlar.
Hatto kelishmagan shoir –
Botirni ham chaqirib,
“Hoy, chiroyli aka”, deya
Patirlarin sotar qizlar.
Shovqin-suron avjlanadi,
Xaridorlar oshgan sari.
Patirlari sedanali,
Ham jizzali yana bari.
Yoqadimi, yoqmaydimi,
Qo'lingizga tutib qo'yar.
Patirlarga yozilgan
Telefon raqamlari.
Erib ketib qizlarning
So'zlarining qaymog'idan,
Shartmi-yo'qmi olaverasiz
Patirlarning qaynog'idan.
Erib ketib qizlarning
So'zlarining qaymog'idan,
Shartmi-yo'qmi olaverasiz
Patirning qaynog'idan.
Oq sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog'li.
Oh, sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog'li.
Issig'-ey, issig'-ey,
Qo'llarim kuydi-yey.
Issig'-ey, issig'-ey,
Voy, qo'llarim kuydi-yey.
Oq sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog'li.
Oh, sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog'li.