Man bemorman, holi yomonman,
Man mehrga zor-intizorman.
Tinmadi nolam, yurakda alam,
Bedavoman, benavoman.
Dardi ko'zimda bo'lur namoyon,
Azob dilimda, etmadim bayon.
Insof o'zingga, tosh yuragingga,
Bir bor kulmadim xiyonatingdan buyon.
Bergan va’dang nahot va’da bo'lib qolmadimi?
Yoki ko'ngling bitta yorga nahot ko'nmadimi?
Zarra vijdon deganlari to'siq bo'lmadimi?
Alamim bor, alamim bor. (x2)
Tun, o'tar oy, bo'lmas nihoya,
Hol so'rab qo'y – bo'lar kifoya.
Dilimda nolam, topmadi malham,
Bedavoman, benavoman.
Dardni dilimga etarmi paydo,
O'zga insonga bo'lgani shaydo?
Insof o'zingga, tosh yuragingga,
Sevgan yurakni qilib bo'ldi-ku ado.
Bergan va’da nahot va’da bo'lib qolmadimi?
Yoki ko'ngling bitta yorga nahot ko'nmadimi?
Zarra vijdon deganlari to'siq bo'lmadimi?
Alamim bor, alamim bor. (x2+x3)