Hadeb o'taversa yonimdan, la la la li,
Esim parishonlar boladi, oo, o.
Qadam bossa, gullar hidi keladi izidan,
U meni bu yurishda majnun qiladi.
Kechir meni g'urur, sening bunda aybing yo'q,
Chetda bir zum poylab tur, mening ham egilgim yo'q.
Sekin borib bildirmasdan, yoqtirganim sezdirmasdan,
Telefon raqamini yozib olsam, bo'ldi ko'ngil to'q.
Allo…
Menga ayting, go'zal qiz,
Plyus to'qqiz, a to'qqiz, sakkiz.
Ko'p bezovta qilmayman, tunda suhbat qurmayman,
Javob bermasangiz, boshqa so'ramayman.
Menga ayting, go'zal qiz,
Plyus to'qqiz, a to'qqiz, sakkiz.
Ko'p bezovta qilmayman, tunda suhbat qurmayman,
Javob bermasangiz, “nega olmadi” deb xafa bo'lmayman.
Gapirmadi, nazar qilmadi go'zal pari,
Balki sevgan yori bormikin, oo, o?
Lekin javob bermay bekor qiynadi nega? (nega)
Ishonmadimi, yo'qmi, davom etay yolida.
Zebo malohatingga balli, husn-u karomatingga balli,
Maqsad-u niyatimni sezib qolgan zakovatingga balli.
Plyus to'qqiz, to'qqiz, sakkiz, to'qqiz, nol,
To'qqiz, to'qqiz, to'qqiz, to'qqiz, to'q…
Allo…
Menga ayting, go'zal qiz,
Plyus to'qqiz, a to'qqiz, sakkiz.
Ko'p bezovta qilmayman, tunda suhbat qurmayman,
Javob bermasangiz, boshqa so'ramayman.
Menga ayting, go'zal qiz,
Plyus to'qqiz, a to'qqiz, sakkiz.
Ko'p bezovta qilmayman, tunda suhbat qurmayman,
Javob bermasangiz, “nega olmadi” deb xafa bo'lmayman.
Allo…