Buyurmagan baxtim kun sayin so'nar,
Go'yo taqdir atay sevgimni sinar.
Seni ko'rish baxti yashashga undar,
Sog'inch holim qo'ymay bag'rimni tirnar.
Agar bilsang, yurak sensiz urmaydi,
Jondan kechib, faqat sendan kechmaydi. (x2)
Mening qalbim ko'z ochib yumguncha so'nar,
Umrim xazonlar to'kadi.
Mening qalbim ko'z ochib yumguncha so'nar,
Umrim xazonlar to'kadi sensiz.
Asrga teng kunlar birma-bir o'tar,
Sog'inchim eltuvchi shamol esar.
Ko'ksimdagi yurak urishdan to'xtar,
Bu dunyoning bag'ri tor bo'lib qolar.