Hayotning sovg'alari ko'p,
Rejalaringni buzilishi aniq, de xo'p.
Peshonangda borini ko'raring tajribada,
Oldini, keragini ilgari ko'rgan oliyjanoblardan so'ra, a.
Xavfli vaziyati – kutilmagan burilish,
Biri past, biri do'st, biri munofiq, qotili notanish.
Odamlarning orasida tilingni tiy, aha,
Aqldan ozib xatoni qilar boshqa-yu, sen esa to'g'irla.
So'nggi so'mingni sarflagin-da, hayratda yasha,
O'ylan, o'yla, sarala.
To'la joyingni to'ldir, amalini qil hozir,
Vaqt o'tib kech bo'lganida alam qilar oxir.
O'zingga ayt – erkak yig'lamaydi zinhor,
So'zi achchiq, bilagida quvvat, gavdasida madori bor.
Nima bo'lsa bo'lsin, lekin g'urur bo'lmasin bekor,
Dushmanni tinch qo'yma, ammo berma ozor.
Bo'lmasa bo'lmasin-o, undan nariga bo'lmasa-yo,
Bo'lari bo'lsin, boraman notanish qotil ketidan.
Bo'lmasa bo'lmasin-o, undan nariga bo'lmasa-yo,
Izma-iz boraman notanish qotil ketidan. (x2)
Nima, nechida, qaysi kun, orada nima o'tar, kim bilar?
Mana manku kafilman deb kim aytar?
Faqat sevganingni ko'z yoshi har balo, ahmoqlikdan to'xtatar,
Ichingda qahr tug'ulari bosilar.
Qo'lingni siltab ketaman desang agar,
Parallel olamdagi Bermud qaroriga ko'ra
Qora kuchlar yo'l qo'ymas.
Majbur qilar, ur-ur, nima keragi bor xato, xatar?
Tinchlan ko'ngil, qasd olish vaqti yaqin, uzoq emas,
Bosilib o'tilar hali o'sha tepa-past, olmoqdaman chuqur nafas.
Talabim – adolati haqiqat, boshqa sabab emas.