Yo Rab, meni kechir, tavallo aylab
 Va yana bosh egdim xuzuringga man.
 Gunohlarim qarab yuragim yig'lar,
 Qancha gunohlarning qusuridaman.
Umidvor qulingman, bandaman mustar,
 Olamda yo'q Seningdek karami ulug'.
 Umidla sen tomon uzatgan qo'llar
 Bilaman, hech qachon qaytmaydi quruq.
Bir Sening vaslingni sog'inib, qo'msab,
 Yig'lab-yig'lab, toshib, sel bo'ldi ko'nglim.
 Qalbimni O'zingning zikringga to'ldir,
 Yo Rab meni kechir, tavbalar qildim.
Senla men kimman-u, Sensiz men kimman?
 Rahmating oldida taslimman, jimman.