Yomg'ir yog'ib, ko'l bo'ldi, yorim,
Sog'inch to'lib, yil bo'ldi, zolim.
Tunlar yonib, og'ridi jonim,
Mening qalbim zor bo'ldi, borim.
Yuzlarim, kipriklarda, sochlarimda qor,
Sensiz hayotimga kelmaydi bahor.
Dardlarim yashirib, chekkanimda ozor,
Sen qaytmasang, kutganim bekor.
Yomg'ir yog'ib, ko'l bo'ldi, yorim,
Sog'inch to'lib, yil bo'ldi, zolim.
Tunlar yonib, og'ridi jonim,
Mening qalbim zor bo'ldi, borim.
Tomchi bo'lib to'kildi yoshim pinhona,
Kelib, bo'larmisan menga parvona?
Kutdirib yo'llaringda meni mastona,
Ishqimiz sevgi olamida afsona.
Yomg'ir yog'ib, ko'l bo'ldi, yorim,
Sog'inch to'lib, yil bo'ldi, zolim.
Tunlar yonib, og'ridi jonim,
Mening qalbim zor bo'ldi, borim. (x2+x1)