Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O'ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”. (x2)
Biri biridan chaqqon, shundan yoriga yoqqan, {x2}
Qoshlarida o'sma-yu, chakkasiga gul taqqan.
Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O'ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uch chikonim bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
Doim o'ynab-kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Bir kuni hasrat qilib, yomon desam erimni,
“Hamma ayb sanda!”, deb shilmoq bo'ldi terimni.
Yorimni maqtay ketdi, aybini oqlay ketdi,
Hatto o'zimning fe’lim o'zimga yoqmay ketdi.
Yorimni maqtay ketdi, aybini oqlay ketdi,
Hatto o'zimning fe’lim o'zimga yoqmay ketdi.
Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O'ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uch chikonim bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
Ey, o'ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uchchovi uy bekasi, lek xabardor dunyodan,
San’at, moda, koinot, tibbiyotu, kimyodan.
Falonchi falon bo'libdi falonchining to'yida,
Falonchi falon bo'libdi pistonchining ko'yida.
O'zimizning gap qolib, ular neni o'yida?
Yaxshiyamki uchchovi o'tiradi uyida.
Uch dugonam bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
O'ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Uch chikonim bor mani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”,
Ey, o'ynagani, kulgani – “Shaqqi”, “Guli”, “Nappi”.
Shaqqi boshlab beradi, Gulli gapga qo'shilar,
Shu zamonda Nappining tuyg'ulari jo'sh urar.
Shu desangiz, bizlardan hech kim chetda qolmaydi,
So'zlayverib, so'zlayverib ja'gimiz ham tolmaydi.