O'jarligingga ko'nganim,
Tilimni tiyib yurganim
Yetmadimi, ayt yetmadimi?
Yoningda kulib turganim,
Zardangga ko'zimni yumganim
Ayt yetmadimi, ayt yetmadimi?
Dilingda yoki gumon,
Yomon xayollar hamon
Ketmadimi, yo ketmadimi?
Qachongacha bu davom,
Chegaralardan yomon
Voy o'tmadimi, voy o'tmadimi?
Mayli manda, mayli sanda
Xato bo'lsa bo'lar ekanda,
Lekin jonim, o'zing baribir o'jarsanda.
Mayli manda, mayli sanda
Xato bo'lsa bo'lar ekanda,
Lekin jonim, o'zing baribir qaysarsanda.
Bekor dilimni o'yganing,
Ko'p martalab ranjitganing
Bo'lmadimi, ayt bo'lmadimi?
Nahotki zarra vijdoning,
Sevging, g'ururing, insofing
Ayt qolmadimi, ayt qolmadimi?
Dilingda yoki gumon,
Yomon xayollar hamon
Ketmadimi, yo ketmadimi?
Qachongacha bu davom,
Chegaralardan yomon
Voy o'tmadimi, voy o'tmadimi?
Mayli manda, mayli sanda
Xato bo'lsa bo'lar ekanda,
Lekin jonim, o'zing baribir o'jarsanda.
Mayli manda, mayli sanda
Xato bo'lsa bo'lar ekanda,
Lekin jonim, o'zing baribir qaysarsanda. (x1+x2)