Meni kuchliroq sev kechagidan ham,
 Keragidan ortiq, kechagidan ko’p.
 Kecha qolmas edi yuragimda g’am,
 Kecha sevardingda keragidan ko’p,
 Meni kuchliroq sev!
Atrofingda men sarson,
 Chiroylisan hammadan. (x2)
 Aytgin sen menga qachon
 Sevaman deb aytasan,
 Sevaman deb aytasan?
Zir yugurgan ortingda
 Shahzodalar juda ko’p,
 Kel o’shalar oldida
 Men g’aribni bitta o’p.
Kel o’shalar oldida
 Men g’aribni bitta o’p,
 Men g’aribni bitta o’p.
Atrofingda men sarson,
 Chiroylisan hammadan.
 Aytgin sen menga qachon
 Sevaman deb aytasan,
 Sevaman deb aytasan?
Qoq ikki bo’linib ketmasin falak,
 Goh ikki bo’linib bo’zlamasin oy,
 Faqat seni deya uradi yurak,
 Faqat sen uchundir ko’ksimdagi jon.
 Meni kuchkliroq sev, meni kuchliroq sev,
 Meni kuchliroq sev!
Poyingda ming yolvorib
 Ishqim qildimku izhor,
 Sen ham bir dil yorib
 Sevaman deb ayt dildor. (x2)
Zir yugurgan ortingda
 Shahzodalar juda ko’p,
 Kel o’shalar oldida
 Men g’aribni bitta o’p.
Kel o’shalar oldida
 Men g’aribni bitta o’p,
 Men g’aribni bitta o’p.
Atrofingda men sarson,
 Chiroylisan hammadan.
 Aytgin sen menga qachon
 Sevaman deb aytasan,
 Sevaman deb aytasan?
Oshiqlaring qasdlashgano
 Sira chidab bo’lmaydi,
 Sevaman deb aytmasang
 O’ksik dilim to’lmaydi.
Husning ortar tobora
 Dod deyarman hayratda,
 Aytgin qachon bir bora
 Sevaman deb aytasan,
 Sevaman deb aytasan?
Zir yugurgan ortingda
 Shahzodalar juda ko’p,
 Kel o’shalar oldida
 Men g’aribni bitta o’p.
Kel o’shalar oldida
 Men g’aribni bitta o’p,
 Men g’aribni bitta o’p.
Atrofingda men sarson…