“Hech kimga bermayman”, –
Takrorlardi sevgi,
Alamida, alamida,
Dardi ichida.
U esa jim turar,
Hayoli parishon,
U beparvo, sezmas go’yo.
So’ngi nafas, so’ngi nafas,
Tingla deya, shoshma bir pas,
Shoshma bir pas, bir soniya,
Havas emas, havas emas,
Sen muhabbat – yasha to abad.
So’ngi nafas, so’ngi nafas,
Tingla zora, yuragi darz,
Yuragi darz, qalbi pora,
Yetadi bas, yetadi bas, –
Deb yolvorar yuragi faqat.
“Borimni beraman”, –
Aylar edi faryod sevgi shu on,
Lekin javob yo’q endi undan.
U esa izlardi o’zgalarni mangu,
Tushunmayin – shu baxti u.
So’ngi nafas, so’ngi nafas,
Tingla deya, shoshma bir pas,
Shoshma bir pas, bir soniya,
Havas emas, havas emas,
Sen muhabbat – yasha to abad.
So’ngi nafas, so’ngi nafas,
Tingla zora, yuragi darz,
Yuragi darz, qalbi pora,
Yetadi bas, yetadi bas, –
Deb yolvorar yuragi faqat.
So’ngi nafas, so’ngi nafas,
Tingla deya, shoshma bir pas,
Shoshma bir pas, bir soniya,
Havas emas, havas emas,
Sen muhabbat – yasha to abad.
So’ngi nafas, so’ngi nafas,
Tingla zora, yuragi darz,
Yuragi darz, qalbi pora,
Yetadi bas, yetadi bas, –
Deb yolvorar yuragi faqat.