Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o’rtanar
Yomon, yomon-ey.
Sensiz bil bemazmun tunu-kun,
Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir
Sen uchun.
Go’yo vaqt to’xtab qoladi
Bo’lmasang yonimda,
Ko’zlarim rashkdan yonadi
Ming bitta xayolda.
Kim oladi, kim oladi dardlarimni-yo,
Aylayman men nolalarim faryod,
Kim bo’ladi, kim bo’ladi ko’zimga ziyo,
Sensiz ko’zlarimga tor bu dunyo.
Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o’rtanar
Yomon, yomon-ey.
Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir, sen uchun.
Yuragim bir seni deydi,
Aybimni izlama,
Mehringni qizg’onma endi,
Sabrimni sinama.
Kim oladi, kim oladi dardlarimni-yo,
Aylayman men nolalarim faryod,
Kim bo’ladi, kim bo’ladi ko’zimga ziyo,
Sensiz ko’zlarimga tor bu dunyo.
Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o’rtanar
Yomon, yomon-ey.
Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir, sen uchun.
Kim oladi, kim oladi dardlarimni-yo,
Aylayman men nolalarim faryod,
Kim bo’ladi, kim bo’ladi ko’zimga ziyo,
Sensiz ko’zlarimga tor bu dunyo.
Qayerdasan yorim, yorim-ey,
Qiynalar bu jonim, jonim-ey,
Yuragim o’rtanar
Yomon, yomon-ey.
Ranjitasan nechun, ayt nechun,
Yashayapman axir, sen uchun.