Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki dushmani bor erkak kishini – (x2)
 Biri manmanlikdir, ikkinchisi til,
 To’xtatadi yurib turgan ishini. (x2)
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikkita do’sti bor erkak kishini –
 Biri oilasi va xalol mehnat,
 Shular bo’lsa egib yurmas boshini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki omadi bor erkak kishini –
 Vafodor ayol va eng sodiq bir do’st,
 Yo’qsa hayot sindiradi tishini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikkita qarzi bor erkak kishini –
 Biri onasidan, biri vatandan,
 Shu ishga sarflasin bilak kuchini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki boyligi bor erkak kishini –
 Biri farzandidir, ikkinchisi bu
 Xotirjamlik qaritmaydi yoshini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki qanoti bor erkak kishini –
 Birinchisi iymon, keyin sog’likdir,
 Shular keltiradi omad qushini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikkita baxti bor erkak kishini –
 Ayol emas, erkak bo’lib tug’ilgan,
 Ikkinchisi olar ayol hushini.
Ahad Qayum aytar biling, ey do’stlar:
 Ikki ustuni bor ijod ahlini –
 Biri chin muhlislar va iste’doddir,
 San’atkor shulardan sezar baxtini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki dushmani bor erkak kishini –
 Biri manmanlikdir, ikkinchisi til
 To’xtatadi yurib turgan ishini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
 Ikki dushmani bor erkak kishini…