Jonim sadqa deya sendek mohitob uchun,
Poylaringga tiz cho’kaymi tavof uchun? (x2)
Va lekin sen bir boqishni ep ko’rmaysan,
Bir bechora mendek xokisor uchun. (x2)
Nima uchun, nima uchun, nima uchun,
Azob berib shodlanasan nima uchun?
Nima uchun, nima uchun, nima uchun,
Azob berib kuydirasan nima uchun?
Ohlar ursam, ohlarimdan tutun chiqar, (x2)
Yo dunyoga kelganmisan qiynoq uchun? (x2)
Sitamlaring bir jonimdan ming bor o’tdi-ye,
Onam meni tug’ibdimi azob uchun? (x2)
Nima uchun, nima uchun, nima uchun,
Azob berib shodlanasan nima uchun?
Nima uchun, nima uchun, nima uchun,
Azob berib kuydirasan nima uchun?
Bunchalaram sitamkoru zolimsan-a
Vaslingga zor bitta bag’ri kabob uchun? (x2)
Yo oshiqlar sabrini sinarmisan, (x2)
Ular soching tolasidan serob uchun,
Ular soching tolasidek serob uchun?
Hech bo’lmasa senga shaydo Sardoringga-ey
Har ko’rganda bir kulib qo’y savob uchun,
Har ko’rganda bir kulib qo’y savob uchun!
Nima, nima, nima uchun, nima uchun,
Azob berib shodlanasan nima uchun?
Nima uchun, nima uchun, nima uchun,
Azob berib kuydirasan nima uchun?
Azob berib shodlanasan nima uchun…