Yovuzlik kuchlari kelmas g’olib,
Devlar ham ketadi ortda qolib,
Bulutni parchalar oftob,
Chekinar alam, iztirob.
Ko’ngilda beg’ubor yoshlik fasli,
Mehrni o’ldirib bo’lmas asli,
Tomchi suv teshadi toshni,
Sinaydi sevgi bardoshni.
Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo’q ekan, qahr-g’azab zor yo’q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, (x2)
Baxt bo’ladi yor.
Afsona yashaydi qo’shiq bo’lib,
Muhabbat yashnaydi nurga to’lib,
Intizor qushga o’q otmang,
Yurakni tosh deb yo’qotmang.
Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo’q ekan, qahr-g’azab zor yo’q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, (x2)
Baxt bo’ladi yor.
(Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo’q ekan, qahr-g’azab zor yo’q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan)
Bor ekan, mehr yurakda bor ekan,
Yo’q ekan, qahr-g’azab zor yo’q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, (x2)
Baxt bo’ladi yor.