Ko’zlaringdagi shirin kulgu
 Meni har dam yashashga undar,
 Qalbda uyg’onar yana orzu –
 Ne bo’lsa ham seni ko’rgim kelar.
Baxtli kunlar tez o’tib ketar,
 Bunchalik tez o’tmasa edi,
 Mening yonimda bo’lganingda
 Qani vaqt to’xtab qolsa edi.
Men oy bo’lsam zulmat samoda
 Osmon kabi cheksiz sevgim,
 To hayotman yorug’ dunyoda
 Men bir faqat seni dedim.
Butun dunyo buni bilsin deb
 Yana aytaveraman,
 To tirik ekanman
 Men seni sevaveraman, sevaveraman.
 G’urur ustun kelsa seni deb
 Boshim egaveraman,
 To tirik ekanman bil –
 Seni sevaveraman, sevaveraman.
Umrbod kutay kerak bo’lsa,
 Ishon menga, yetar bardoshim.
 So’nmaydi menda bu tuyg’ular,
 O’tib yillar, oqarsa ham sochim.
Baxtli kunlar tez o’tib ketar,
 Bunchalik tez o’tmasa edi,
 Mening yonimda bo’lganingda
 Qani vaqt to’xtab qolsa edi.
Men oy bo’lsam zulmat samoda
 Osmon kabi cheksiz sevgim,
 To hayotman yorug’ dunyoda
 Men bir faqat seni dedim.
Butun dunyo buni bilsin deb
 Yana aytaveraman,
 To tirik ekanman
 Men seni sevaveraman, sevaveraman.
 G’urur ustun kelsa seni deb
 Boshim egaveraman,
 To tirik ekanman bil –
 Seni sevaveraman, sevaveraman.
Baxtli kunlar tez o’tib ketar,
 Bunchalik tez o’tmasa edi,
 Mening yonimda bo’lganingda
 Qani vaqt to’xtab qolsa edi.
Men oy bo’lsam zulmat samoda
 Osmon kabi cheksiz sevgim,
 To hayotman yorug’ dunyoda
 Men bir faqat seni dedim.
Butun dunyo buni bilsin deb
 Yana aytaveraman,
 To tirik ekanman
 Men seni sevaveraman, sevaveraman.
 G’urur ustun kelsa seni deb
 Boshim egaveraman,
 To tirik ekanman bil –
 Seni sevaveraman, sevaveraman.