(Yorim…)
 Endi men ko’nglimni uzolmayman,
 Ahd qildim, ahdimni buzolmayman.
 Hijronli kunlarni cho’zolmayman,
 Ko’nglimning so’ziga kiraveraman,
 Yana seni yaxshi ko’raveraman,
 Yorim, jonim, yorim.
Qaxr bilan dedim o’zimdan o’zim,
 Yoningga qaytmayman – shu so’nggi so’zim!
 Hech kimga bermayin, ey shahlo ko’zim,
 Sog’inchli qo’shig’im aytaveraman,
 Ketsam ham yoningga qaytaveraman,
 Yorim, jonim, yorim.
So’zingni tinglasam – ranjibsan biroz,
 Ko’nglingni bilmayin qiynaganim rost.
 Yoningda bo’layin, qilma e’tiroz,
 Yorim, jonim.
 Olmasang yana gul tutaveraman,
 Mehrni o’zingdan kutaveraman.
 Yorim, jonim, yorim.