Quyoshli kunlar o’tar,
 Qushlar ham uchib ketar,
 Bizning quyoshli damlar
 Nahot bizni tark etar?
Quyoshli kunlar qaytar,
 Qushlar ham qo’shiq aytar,
 Qaytarmikan o’shanda
 Bizning quyoshli paytlar?
O’rtamizda sahro –
 Kezib o’tib bo’lmaydi,
 O’rtamizda daryo –
 Suzib o’tib bo’lmaydi.
O’rtamizda devor yo’q,
 O’tib lekin bo’lmaydi,
 O’rtamizda g’ubor yo’q,
 Lekin yetib bo’lmaydi.
O’rtamizda sahro,
 O’rtamizda daryo,
 O’rtamizda devor yo’q,
 O’rtamizda g’ubor yo’q,
 Yetib bo’lmaydi.
Uchrashmasak hamki,
 Ko’ngillar yaqin,
 Uchrashganda, jonim,
 Ko’zlarda chaqin.
Uchrashmasak hamki,
 Dil uzib bo’lmas,
 Uchrashganda, jonim,
 Qo’l cho’zib bo’lmas.
O’rtamizda sahro –
 Kezib o’tib bo’lmaydi,
 O’rtamizda daryo –
 Suzib o’tib bo’lmaydi.
 O’rtamizda devor yo’q,
 O’tib lekin bo’lmaydi,
 O’rtamizda g’ubor yo’q,
 Yetib bo’lmaydi.
 O’rtamizda sahro,
 O’rtamizda daryo,
 O’rtamizda devor yo’q,
 O’rtamizda g’ubor yo’q,
 Yetib bo’lmaydi. (x2)