Hech qachon tik boqmagin
Ota-onang ko’ziga,
Itoat qil ularning
Har bir so’ziga.
Ulardan oldin yurma,
Farzandlik o’rningda qol.
Safarga chiqsang avval
Duolarin ol.
Ota-ona duosi –
Yaxshiliklar dunyosi,
Biz farzandlarga bo’lsin
Hayot ma’nosi. (x2)
Hikmat bordir otaning
Aytgan barcha so’zida,
Jannat ham onalarning
Bosgan izida.
Yomg’ir bilan gul yashnar,
Duo bilan el yashnar.
Dunyoda ota-ona
Bolam deb yashar.
Ota-ona duosi –
Yaxshiliklar dunyosi,
Biz farzandlarga bo’lsin
Hayot ma’nosi. (x4)