Bo'ri bo'lsang, bo'riday bo'l,
Bo'rilarning zo'riday bo'l.
Gar uvlasang, ko'kdan yulduz to'kilsin,
Ohularning jon choklari so'kilsin.
Agar bunday qila olmasang,
Unda itga cho'riday bo'l. (x2)
Burgut bo'lsang, burgut bo'lgin,
Qanot yozsang, ko'kka to'lgin.
Osmon sendan shiddat kutar,
Changalingda tog'ni ko'tar.
Agar shunday qila olmasang,
Unda tamom, bulut bo'lgin. (x2)
Yigit bo'lsang, yigit bo'lgin,
Bo'ri, ham sher, burgut bo'lgin.
Har bir so'zing qasaming bo'lsin,
Mag'rib-mashriq qadaming bo'lsin.
Agar shunday bo'la olmasang,
Bir so'z dema, sukut bo'lgin. (x2)
Odam bo'lsang, odami bo'lgin,
Ahli iymon hamdami bo'lgin.
Yaxshilarning yaxshisi bo'lgin,
Yaxshilikning baxshisi bo'lgin.
Agar shunday bo'la olmasang,
Bu dunyoning bir kami bo'lgin. (x2)
Bu dunyoning bir kami bo'lgin,
Bo'ri bo'lsang, bo'riday bo'l. (x2)