Agar men har qayon bo’lsam, ko’ngil sendan judo bo’lmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado bo’lmas. (x2)
Tilarman vaslini tinmay, necha yillar yurib sarson, (x2)
Borib ayting, o’shal yorga, judoliqdek balo bo’lmas. (x2)
Xaloyiqlarki ayturlar, bu dardingga davo yo’qtur,
O’zidin o’zga, ey do’stlar, menga hech bir davo bo’lmas.
O’zidin o’zga, ey do’stlar, menga hech bir davo bo’lmas.
Manam Mashrab kecha kunduz, firoq dardida yig’larman, (x2)
Magar ma’shuq yuzin ko’rmoq bu dunyoda ravo bo’lmas. (x2)
Agar men har qayon bo’lsam, ko’ngil sendan judo bo’lmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado bo’lmas.
Sening darding ado bo’lmas…