Toki yuragim urar
 Ko’nglim senga intilar,
 Birgina seni istar.
 Toki tomirlarimda
 Oqar so’nggi tomchi qon,
 Sen bilanman doimo.
Xayolim senda desam,
 Ishq qo’lini uzatsam,
 Ketmagin mendan hecham
 Yiroq, yiroq.
Bo’lgin doim yonimda,
 Qadrimga yet borimda,
 Ketmagin mendan hecham
 Yiroq, yiroq.
Azoblarga giriftor
 Etma meni sensiz, yor,
 O’tar tunlarim bedor.
 Bilgin, bu dunyoda bor
 Seni kutgan intizor,
 Qalbga bermagin ozor.
Xayolim senda desam,
 Ishq qo’lini uzatsam,
 Ketmagin mendan hecham
 Yiroq, yiroq.
 Bo’lgin doim yonimda,
 Qadrimga yet borimda,
 Ketmagin mendan hecham
 Yiroq, yiroq. (x3)