Bir ko’rishda xayolim olding,
Nozik qalbimni jarohatlading.
Yuragimni senga baxsh etay,
Ilk sevganim sen o’zing bo’lding.
Sensiz yo’qdir oromim,
Sensiz kelmas bahorim,
Sensiz o’xshamas kuyim.
Kechalari seni o’ylayman,
Kechalari seni qo’msayman,
Sevaman.
Olislarga nigoh intizor,
Ayriliq bu qanchalar azob.
Zimistonga aylanar bahor,
Qayta qolgin, qolmadi mador.
Sensiz yo’qdir oromim,
Sensiz kelmas bahorim,
Sensiz o’xshamas kuyim.
Kechalari seni o’ylayman,
Kechalari seni qo’msayman,
Sevaman. (x2)