Akasining dardi bor
 Ukasining kuyida,
 Akasi ado bo’ldi
 Bir go’zalning ko’yida.
Rayhon senga uylanay deb,
 Go’zal qo’shiq yozuvdik,
 Bu tarona aytildi-ya
 Rayhonaning to’yida.
Afsusgina shunday qo’shiq
 Tarix bo’lib qolib ketdi,
 Bog’imizdan Rayhonni
 Yigitali olib ketdi.
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
 Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon. (x2)
Vafosi yo’q go’zal ekan,
 Ta’riflari g’azal ekan,
 Ne qilardik, nima ham derdik,
 Shunday taqdir azal ekan.
Sog’inmaymiz, kutmaymiz,
 Yo’liga ko’z tutmaymiz,
 Ne eksak ham bog’imizga
 Endi rayhon ekmaymiz.
Vodiyda to’y bermoqchiydik,
 Dilda armon qolib ketdi,
 Rayhonni begonalarmas,
 Vodiyliklar olib ketdi.
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
 Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon. (x2)
Hazil qo’shiq aytdik xolos,
 Hazil chinga o’tmaydi,
 Akam uchun hech bir go’zal
 Kelinoyimga yetmaydi-ey.
Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
 Rayhon, Rayhon, bebaho Rayhon.
 Rayhon, Rayhon, bevafo Rayhon,
 Rayhon, Rayhon, baxtli bo’l, Rayhon-ey.