Yorim mani aylabon g’arib
Ko’ylak kiyib o’tdi jimjima,
Uyiga borib keldi o’zgarib,
Yomon qo’rqdim, yomon qo’rqdim-a. (x2)
Jonim desam, erkalab, suyib,
Quvonardi baxtidan to’yib, (x2)
Endi o’tar qovog’in uyib,
Yomon qo’rqdim, yomon qo’rqdim-a. (x2)
Yorim mani aylabon g’arib
Ko’ylak kiyib o’tdi jimjima.
Bilmay qoldim hazilmi, rosti,
O’t sachratdi ko’zlarin osti, (x2)
Botirni ham g’ulg’ula bosdi-ey,
Yomon qo’rqdim, yomon qo’rqdim-a.
Alisherni g’ulg’ula bosdi-ey,
Yomon qo’rqdim, yomon qo’rqdim-a.
Yorim mani aylabon g’arib
Ko’ylak kiyib o’tdi jimjima.
Nahot, shunday bo’lsa yor degan?
Yuragimga sanchildi tikan. (x2)
Ko’zlarimni ochsam tush ekan,
Yomon qo’rqdim, yomon qo’rqdim-a.
Ko’zlarimni ochsam tushim ekan,
Yomon qo’rqdim, yomon qo’rqdim-a.
Ko’zlarimda g’azabim ko’rib,
Yomon qo’rqdi, yomon qo’rqdi-ya, (x2)
Yorim mani aylamang g’arib,
Uzun ko’ylak kiying tinchgina-ey.