Osmon deydi: “Kunsiz kulmayman, yulduz kerak tunga.”
Yorim uchun kimman bilmayman, kerakmanmi unga?
Xayolimni tortar o'ziga, ko'zga yaqin o'zi,
Ishonay men qaysi so'ziga, ko'pdir shirin so'zi.
Yoring bo'laman deydi, zoring bo'laman deydi,
Senga o'laman deydi u.
Yaxshi bolaman deydi, senla qolaman deydi,
Darding olaman deydi u.
Men kimman, ayt, men kimman, ayt?
Sevgida shohmanmi yo gadomanmi, ayt?
Ah, men kimman, ayt, men kimman, ayt?
Sen uchun sevgiling yo do'stingmanmi, ayt?
(Do'stingmanmi, ayt?)
Osmondagi oydan so'rama, sadag'ang men ketay,
Men turib o'zgani ko'zlama, yarim baxtni netay?
Ay, yoring bo'laman deydi, zoring bo'laman deydi,
Senga o'laman deydi u.
Yaxshi bolaman deydi, senla qolaman deydi,
Darding olaman deydi u.
Men kimman, ayt, men kimman, ayt?
Sevgida shohmanmi yo gadomanmi, ayt?
Ah, men kimman, ayt, men kimman, ayt?
Sen uchun sevgiling yo do'stingmanmi, ayt?
(A yana yo'q-yo'q dema-dema havasdan,
Ne keragi bor oltin bo'lsa yana qafasdan?
Balki-balki tuyg'ularim san uchun jumboq,
Shuning uchun yaxshilab mening ko'zlarimga boq.
A mayli-mayli, xo'p-xo'p dema, ko'nglim top-top,
So'zlaringdan bora-bora yana bo'laman betob.
San uchun kimman, mana man kimman?
Negadir o'zimdan-o'zim yana bo'laman xunob.)
Men kimman, ayt, men kimman, ayt?
Sevgida shohmanmi yo gadomanmi, ayt?
Ah, men kimman, ayt, men kimman, ayt?
Sen uchun sevgiling yo do'stingmanmi, ayt? (x2)
(Do'stingmanmi, ayt?)