Yegan oshing zaharmidi,
 Topsang ushshoq gavharmidi,
 Zorlik shomu-saharmidi?
 Ko’ngli yarim qaro ko’zim,
 Yurak-bag’ri yaro qo’zim,
 Qaro ko’zim.
Yosh boshing alam qaritdi,
 Ko’zyoshing yolg’izlik artdi,
 Seni yetim deb kim aytdi?
 Ko’ngli yarim qaro ko’zim,
 Yurak-bag’ri yaro qo’zim,
 Qaro ko’zim, qaro ko’zim.
Senga to’le kulmasmidi,
 Podsho bo’lsang bo’lmasmidi,
 Jigaring och o’lmasmidi?
 Ko’ngli yarim qaro ko’zim,
 Yurak-bag’ri yaro qo’zim,
 Qaro ko’zim.
Boshqalarga havas qilib,
 Suratni onaday bilib,
 Devorga qo’yibsan ilib.
 Ko’ngli yarim qaro ko’zim,
 Yurak-bag’ri yaro qo’zim,
 Qaro ko’zim, qaro ko’zim.
Qorlar erib bahor qaytdi,
 Seni yetim deb kim aytdi?
 Bir kul motamsaro qo’zim,
 Ko’ngli yarim qaro ko’zim-ey,
 Yurak-bag’ri yaro qo’zim,
 Qaro ko’zim, qaro ko’zim.
 Qaro ko’zim.