Ko'z yoshlardan paydo bo'ldi dengizlar,
Yuraklarni qayg'u va g'amlar ezar.
Sen u sohilda, men esa bunda,
Hayot ostin-ustun bo'ldi bir zumda.
Nigohingni sog'iniyapman juda ham,
Afsusdaman senga aytgan so'zimdan.
O'rtada sarsondir shirin farzandlar,
Mehrga zor bo'ldi beg'ubor qalblar.
Nega urinmadik inoq yashashga?
Intilmadik oilamizni saqlashga.
G'ururimiz yo'l qo'ymadi o'shanda
Ushbu kun haqida bir oz o'ylashga.
Sen jonim, o'ylading faqat o'zingni,
Men esa o'ylabman faqat o'zimni.
Hatto sezmabmiz ham farzandlarimiz
Yoshli ko'zini.
Sabrsizligimiz zulmatga eltdi,
Baxtu-shodlik ham sizlar bilan ketdi.
Nimadir yetishmayapti qalbimga,
Hayot mazmunli ekan sen bilan birga.
Farzandlarim kulgusini sog'indim,
Goh suratlariga qarab ovundim.
Jajji qalblardagi bir dunyo mehr
Nahot, bizga kamlik qildi, sen gapir?
Nega urinmadik inoq yashashga?
Intilmadik oilamizni saqlashga.
G'ururimiz yo'l qo'ymadi o'shanda
Ushbu kun haqida bir oz o'ylashga.
Sen jonim, o'ylading faqat o'zingni,
Men esa o'ylabman faqat o'zimni.
Hatto sezmabmiz ham farzandlarimiz
Yoshli ko'zini.