Goho manga qosh qoqib o’tasiz,
Goh boqmay, o’t yoqib o’tasiz. (x2)
Yelib shamolday, uchib xayolday,
Soy kabi sho’x oqib o’tasiz. (x2)
Buncha sho’xlik sizga nega kerak,
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola? (x2)
Qiz bola-yey, qiz bola,
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola? (x4)
So’zlarimni kesasiz tinmay,
Yo’llarimni to’sasiz tinmay. (x2)
Qiynaysiz so’zlarimga ko’nmay,
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola? (x2)
Dil to’la nola, dil to’la nola,
Mani tanlash o’zingizga havola. (x2)
Sevdim desam, yana kulib-kulib,
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola?
Qiz bola-yey, qiz bola,
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola? (x4)
Manzil bo’lak, yo’l bo’lak,
Bedor yurak, zor yurak. (x2)
Har kunda yetti xil ko’ylak,
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola? (x2)
Qiz bola-yey, qiz bola,
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola? (x4)
Shunaqayam bo’ladimi qiz bola?