Qadu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
 Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.
Hadisu la’lu raftoru jamolingdin erur har dam
 Tilim go’yo, so’zum rangin, ko’ngul xurram, ko’zum ravshan.
Qadu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
 Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.
Meni madhushu miskin, naylay, ul sho’xi balo birla,
 Men asru bedilu bexud, ul asru purdilu purfan. (x2)
Falak javru jafosidin, ul oy dardu balosidin
 Chekarmen nolayu afg’on, qilurmen giryayu shevan.
Qadu xating bila ko’zu yuzung, ey sarvi siymintan,
 Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.
Baloi ishqu yolg’uzluq, dag’i hijronu g’urbatda
 Otim – Majnun, kishim – mehnat, ishim – zori, yerim – gulxan. (x2)
O’qung birla xayoling, dardingu mehringga Boburdek,
 Tanim – manzil, ko’zum – maskan, ko’kus – ma’vo, ko’ngul – maxzan.