Anjanliklar chaqaloqni ham
 Sizlashadi anjanchasiga,
 Nondek shirin yumshoqlik bilan
 So’zlashadi anjanchasiga.
Ota meros anjirli bog’lar,
 Oqlangan uy, tandir, o’choqlar, (x2)
 Shahrixoniy taqib pichoqlar,
 Yurishadi anjanchasiga. {x4}
Bog’larida askiya, bazm,
 Zo’ri edi Abdulhay Mahsum. (x2)
 So’z mag’zini qilishib xazm,
 Kulishadi anjanchasiga. {x4}
Har guzarida bitta choyxona,
 Otamlashgan nuqta choyxona, (x2)
 Asakada “Cho’ntak” choyxona,
 Choylashadi anjanchasiga. {x4}
“Bog’im bor”ga zo’rlar o’ynaydi,
 Sho’xrog’idan ayt, deb qo’ymaydi. (x2)
 Qorin to’yar, ko’ngil to’ymaydi,
 Shinavanda anjanchasiga. {x4}
Savdogarlar pulni “soqqa” deb,
 Yurt kezishar bola-chaqa deb. (x2)
 “E ishano’ring, bizga aka” deb,
 Kiydiradi anjanchasiga. {x4}
Bilmaganlar Dardoqqa kelsin,
 Oyim, Shirmonbuloqqa kelsin, (x2)
 Devziradan qo’ling o’rgilsin,
 Oshlashadi anjanchasiga. {x4}
Musofirlik Boburdan meros,
 Shoirlari bevafo biroz.
 Musofirlik Boburdan meros,
 Xofizlari bevafo biroz.
 Topaman deb, topaman deb poytaxtda e’zoz,
 Yashasa ham Toshkanchasiga,
 Kuylashadi anjanchasiga. {x4}
Suvlar sepib, ko’llatib qo’yib,
 Rayhon isin taratib qo’yib, (x2)
 Bedanani sayratib qo’yib,
 Yayrashadi anjanchasiga. {x4}
Anjanliklar fe’li shunaqa,
 Mehmonnavoz eli shunaqa. (x2)
 Afrikalik, Parijlikni ham
 Oshna deydi anjanchasiga. {x4}