Yetar bas, boshqa va’dalar kerakmas,
Sening yolg'oning tugamas,
Endi hech narsa o'zgarmas, kerakmas.
Yetar bas, soxta ko'z yoshlar kerakmas,
Ishonchim tugab bitdi, bas,
Ortiq senga rahmim kelmas, kerakmas.
Sen farishta, hur, gul eding,
Yuragimning bog'ida nur eding.
Yoritgan qalbim g'amgin chog'ida,
Sen bilan umrimga kirib kelgandi quvonch.
Endi so'zlaringga yo'qdir ishonch! (x2)
Yetar bas, shunchalar azob berganing,
Shuncha payt aldab kelganing,
Orzuyim armon qilganing kerakmas.
Kerakmas menga bu soxta tuyg'ular,
Oromi yo'q u uyqular,
Oxiri yo'q bu qayg'ular kerakmas.
Sen farishta, hur, gul eding,
Yuragimning bog'ida nur eding.
Yoritgan qalbim g'amgin chog'ida,
Sen bilan umrimga kirib kelgandi quvonch.
Endi so'zlaringga yo'qdir ishonch! (x2)