Uchmoqdaman… (x2)
Talpinganim bir umr
Qafassiz hayot edi,
Topmoqlik qanot edi.
Derdim, bu go’zal osmon,
Koshkiydi topsam imkon,
Qush kabi uchsam edi.
Uchmoqdaman… (x3)
Meni chorlar keng samo,
Bag’rida yo’qdir tuzoq.
Parvoz uchun shayman, ammo
Osmon mendan ko’p uzoq.
Ko’kdek toza bo’lay desam,
G’uncha ochib kulay desam,
Yer ham muncha qattiq ekan.
Orzuimga yetgum bir kun,
Osmonlardan izlang meni,
So’ng manzildan ko’zlang meni.
Uchmoqdaman… (x3)
Meni chorlar keng samo,
Bag’rida yo’qdir tuzoq.
Parvoz uchun shayman, ammo…
Meni chorlar keng samo,
Bag’rida yo’qdir tuzoq.
Parvoz uchun shayman, ammo
Osmon mendan ko’p uzoq.
Uchmoqdaman… (x4)
Osmondaman… Uchmoqdaman…
Meni chorlar keng samo,
Bag’rida yo’qdir tuzoq.
Parvoz uchun shayman, ammo
Osmon mendan ko’p uzoq.