Keng ko’chalar, chang-chang ko’chalar,
 Yorim keladur, oydin kechalar. (x2)
 Gap otadur necha-nechalar, (x2)
 Menga qo’ying yorni akalar.
Hey, keng ko’chalar, chang-chang ko’chalar,
 Yorim keladur, oydin kechalar, hey.
Va’da berib keldi go’zal,
 Tillari bol, qandu asal. (x2)
 Yerga qarab, boshin egib,
 Sevaman deb aytdi go’zal-ey.
Keng ko’chalar, chang-chang ko’chalar,
 Yorim keladur, oydin kechalar, hey.
O’zim boray ostonasiga,
 Ayta qolay onasiga. (x2)
 Rozi bo’lsa onasi-yey,
 To’y yuboray koshonasiga.
O’sha oydin keling dedi,
 Yor bo’lay deb aytdi go’zal.
Keng ko’chalar, chang-chang ko’chalar,
 Yorim keladur, oydin kechalar. (x2)
 Gap otadur necha-nechalar, (x2)
 Menga qo’ying yorni akalar.
Keng ko’chalar, chang-chang ko’chalar, (x2)
 Keng ko’chalar…