Necha yilkim men sening
 Ishqingda behad yonaman,
 Na firoq dashtidaman,
 Na ishq mayingdan qonaman. {x2}
Kelmasang gar ko’zlarim
 Yo’lingga zor, hayronaman.
 Senki shami shu’ladursan,
 Men senga parvonaman. {x2}
Men muhabbat nazmida
 Bir shoiri devonaman.
 Necha yilkim men sening
 Ishqingda behad yonaman.
Na firoq dashtidaman,
 Na ishq mayingdan qonaman.
 Kelmasang gar ko’zlarim
 Yo’lingga zor, hayronaman. {x2}
Tinglayurman jon ila
 Jonga malham bir so’zing,
 Ko’kragimga tig’ urar
 Ul qaro ikki ko’zing. {x2}
Bu vafo dunyosida
 Biru borimsan o’zing,
 Ey sanam, hajringda afgor,
 Bir dili vayronaman. {x2}
Kel go’zal, bir zumga o’ltir,
 Ketma yonimdan yiroq.
 Yuragim o’t ichra qoldi
 Seni bir ko’rgandayoq.
Bu g’arib, o’ksik dilimga
 Yoqgil endi sen chiroq,
 Qiynama, kel endi mahvash,
 Bir g’arib g’amxonaman.
Bir shoiri devonaman…