Qo'ygin, tikonlaring sanchma menga, gul,
Dilim yomon o'ydan yiroqdir butkul.
Yoqimli bo'yingni sog'indi ko'ngil,
Iforing qizg'onma mendan, atirgul.
Taqdir saodatni qizg'andi yetar,
Mehrni, omadni qizg'andi yetar,
Suyganim visolni qizg'andi yetar,
Iforing qizg'onma mendan, atirgul.
Atirgul, gul, gulim, atirgul,
Sendan ko'ngil yiroqdir butkul.
Xushbo'y isdan mast bo'lganda dil,
Tikonlaring sanchma, atirgul. (x2)
Yuragim to'la dard, tinglaguvchi yo'q,
Yiqilsam do'st bo'lib suyaguvchi yo'q,
Sendan o'zga ko'nglim xushlaguvchi yo'q,
Iforing qizg'onma mendan, atirgul.
Yo yashash sirini bilolmadimmi?
Xudoning berganin ololmadimmi?
Bir daydi yelchalik bo'lolmadimmi?
Iforing qizg'onma mendan, atirgul.
Atirgul, gul, gulim, atirgul,
Sendan ko'ngil yiroqdir butkul.
Xushbo'y isdan mast bo'lganda dil,
Tikonlaring sanchma, atirgul. (x2+x2)