Xazonlar ostida
 Qoladi bizlarning xiyobon,
 Orzular o’rnini
 Egallar asta-sekin armon.
Saroblarga aylanar
 Sevgimiz mayin yaralar
 Bedor bu ko’nglimni,
 Endi bizning muhabbat
 Bizlarsiz izlar yo’lini.
O’rgandim unutishni o’zim,
 O’rgandim ko’nikishni o’zim.
 Sendan men o’rganmoqdaman yana
 Bag’ritoshlikni.
O’rgandim unutishni o’zim,
 O’rgandim ko’nikishni o’zim.
 Sendan men o’rganmoqdaman yana
 Bugun senday bag’ritoshlikni.
Seni deb to’kilgan
 Yoshlarga achinaman bugun,
 Yashar edim faqat
 Men seni baxtli qilish uchun.
Hotiraga aylanar
 Birma-bir sen bilan o’tgan
 O’sha go’zal damlar,
 Bugun esa qalbimda
 Sevgimiz o’rnida alamlar.
O’rgandim unutishni o’zim,
 O’rgandim ko’nikishni o’zim.
 Sendan men o’rganmoqdaman yana
 Bag’ritoshlikni.
O’rgandim unutishni o’zim,
 O’rgandim ko’nikishni o’zim.
 Sendan men o’rganmoqdaman yana
 Bugun senday bag’ritoshlikni.
O’rgandim… O’rgandim…
 Sendan men o’rganmoqdaman yana
 Bag’ritoshlikni.
O’rgandim unutishni o’zim,
 O’rgandim ko’nikishni o’zim.
 Sendan men o’rganmoqdaman yana
 Bag’ritoshlikni.
O’rgandim unutishni o’zim,
 O’rgandim ko’nikishni o’zim.
 Sendan men o’rganmoqdaman yana
 Bugun senday bag’ritoshlikni.