Doimo yoningda men bo’lay,
 Doimo yoningda. (x2)
Dilim, bag’rim gullaydi
 Agar sen bo’lsang,
 Olam nurga to’ladi
 Agar sen bo’lsang.
Qalbim seni deya
 Nurlarga to’ladi,
 Qalbing meni deya
 Otashin yonadi.
Qalbim seni deya…
Doimo yoningda men bo’lay,
 Doimo seni deb men yashay.
 Ammo xiyonatga yo’l qo’yma,
 Ammo hech aldama.
Doimo yoningda men bo’lay,
 Doimo qalbingda men yashay.
 Ammo yiroqlarga sen ketma,
 Ammo bo’l yonimda.
Ammo yiroqlarga sen ketma,
 Ammo bo’l yonimda.
Biz ikkimiz uchun
 Yorug’dir tunu-kun,
 Biz ikkimiz uchun
 Baxtimiz butun.
Qalbim seni deya
 Nurlarga to’ladi,
 Qalbing meni deya
 Otashin yonadi.
Qalbim seni deya…
Doimo yoningda men bo’lay,
 Doimo seni deb men yashay.
 Ammo xiyonatga yo’l qo’yma,
 Ammo hech aldama.
 Doimo yoningda men bo’lay,
 Doimo qalbingda men yashay.
 Ammo yiroqlarga sen ketma,
 Ammo bo’l yonimda.
 Ammo yiroqlarga sen ketma,
 Ammo bo’l yonimda. (x1+x1)