Ataylab, e ataylab kech keldim bugun,
Yorim xafa bo’larmikan deb.
Yuragida bormi deya tugun,
Qaydaligim so’rarmikan deb.
Astagina o’zim oldim-o,
Boshdan-oyoq nazar soldim-o,
Shubhaga ham borib qoldim-o,
Mani yaxshi ko’rarmikan deb.
Rashk qilasanmi? Qizg’onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? E, qizg’onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?
Har mahal erkalab, “oyim” desam,
Ro’zg’orim, ham uyim-joyim desam,
Ko’nglingni bilmoq uchun ataylab,
Yolg’ondan bor bitta xatoyim desam.
Rashk qilasanmi? O’, qizg’onasanmi?
E, balki yurak dardim bilmaysan-ey,
Bilsang ham yo siring bermaysan-ey.
Jo’rttaga egnimdan tola soch topib,
Mazza qilib to’polonlar qilmaysanmi-yey?
Rashk qilasanmi? Qizg’onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? E, qizg’onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?
Istagim – yo’limga bo’l intizor,
Rashkning ham sevgida quvvati bor. (x2)
Beparvolar bo’lib, o’ynab-kulib,
G’aflatda qolmagin, deyman nigor.
Rashk qilasanmi? Qizg’onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? Jonim, qizg’onasanmi?
Rashk qilasan-ey, qizg’onasan, rostini ayt!
Rashk qilasanmi? Qizg’onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? O’zi qizg’onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi?
Yo manga mandan ko’p ishonasanmi?
Ataylab kech keldim bugun…