(Salom… Hello… (x2)
Welcome back Benom…)
Har kungidan o’zgarar,
Kunim salomdan boshlanar.
Chap tomonda bolalar,
O’ngda esa qaynonalar.
Gilamlar qoqib-qoqib,
Changitishar mahallalar.
Tun o’tar, quyosh botar,
Kunlari shunday o’tar.
Yo’limda davom etsam,
Chiqib qoldi janonalar.
Ortidan kezaverar
Yurak-bag’ri vayronalar.
Men esa salom bersam,
Sho’x-sho’x kulib qarashar.
Ishq mana shunday
Salom-la boshlanar.
Salom mahallalarga,
Salom janonalarga,
Salom hamma hammaga,
Salom, assalom.
Salom sevishganlarga,
Salom ham yurtdoshlarga,
Salom barcha barchaga,
Salom, assalom.
Qarasam, atrofimda
Butun shahar sevishganlar.
Orasida baxtlisi
Ham bor baxti qoralar.
Ko’plari telegramda
Bir-biri bilan tanishganlar.
Ular ham tanishishni
Salomdan boshlaganlar.
Go’zallar o’zbek bo’lib,
Nega ruschada gaplashar?
“Привет” so’zidan ko’ra
Salom bizga ko’p yarashar.
Salom-la kirib kelar
Kelin bo’lsa qiz bolalar.
“Привет” so’zi o’tmaydi –
Kulmaydi qaynonalar.
“Namaste-namaste”,
Do’stim, unaqamas-de.
Barchasi faraz, bizda yo’q g’araz,
Salom ham hindchada “namaste”.
Say “salom”, say anytime,
This word for use, tell in times.
“Namaste”, “hello”, “bonjour”,
Har doim salom berib yur. {x2}
Salom chiroyli qizlarga,
Salom asal qizlarga,
Salom hamma hammaga,
Salom, assalom.
Salom sevishganlarga,
Salom ham yurtdoshlarga,
Salom barcha barchaga,
Salom, assalom.
(Time’s for attention…)