Tun. Yolg'izlik. Va bir o'zim.
Yulduzlar qarab so'rar senga ne bo'ldi deb o'zi,
Hey, senga o'zi.
So'ramanglar, bugun u ketdi mendan so'nggi bor,
So'ramanglar, qaytmasa kerak endi xoynahoy.
So'raganlar, to'yib kulib olinglar ustimdan,
So'ramanglar, unutilar balkim u oyma-oy.
Sen ketgan yo'lga ko'z tikmadim,
Shunda ham eshitilar qadam.
Sen ketding meni kechiring deya,
Shunda ham qilar ekan alam.
Qanday kirib kelding, bilmayman,
Hayotimga mening sezdirmay.
Sen o'g'irlab ketganding yurakdan,
Qaytib kelmas boshqa ertakday.
Qanday seni sevdim, bilmayman,
Yuragimni berdim, bilmayman.
O'zimni o'zim sezmayman,
Yolg'iz mahal izlayman.
O'ylamanglar, oson ko'ringani bilan osonmas,
O'ylamanglar, ravon ko'ringani bilan ravonmas.
Ayb izlamanglar, hamma ayb bo'ynimda qoldi,
Eslatmanglar, sog'inch bo'lib to'kilmayman yo'lingga.
Yomg'ir bo'lib tomchilar yolg'izlik tomchilari,
Shivir-shivirlab yodimga solar seni.
Endi biz begonalar, sen ketib, men darbadar,
Hayot yo'llarimda adashib qoldim.
Qanday kirib kelding, bilmayman,
Hayotimga mening sezdirmay.
Sen o'g'irlab ketganding yurakdan,
Qaytib kelmas boshqa ertakday.
Qanday seni sevdim, bilmayman,
Yuragimni berdim, bilmayman.
O'zimni o'zim sezmayman,
Yolg'iz mahal izlayman.
Senga chindan ishongan yurak o'ldi yolg'onda,
Yolg'onlaringdan kuyib, alamda yonmoqda.
Kechalari ko'klarga qarab sani so'rayman,
Qaytmasligingni bilib nega so'rayman?
Sen mening eng katta boyligimsan bu dunyoda,
Xonavayron bo'ldim, hayotim davomida.
Tunga aytdim sirlarim – tun ham hayronda,
Endi xiyonat azobi menga ayonda.
Hech kimga ko'rmayman ravo, bu dard bedavo,
Qilar ekan ado, qolsang yolg'onlar aro.
Qanday kirib kelding, bilmayman,
Hayotimga mening sezdirmay.
Sen o'g'irlab ketganding yurakdan,
Qaytib kelmas boshqa ertakday.
Qanday seni sevdim, bilmayman,
Yuragimni berdim, bilmayman.
O'zimni o'zim sezmayman,
Yolg'iz mahal izlayman.